Emizish davomida ko‘krakda sut miqdori ko‘payib bola hammasini emishga ulgurmay qolsa, ko‘krakda ortiqcha sut yig‘ilib sut yo‘llari bekilib qoladi. Ba’zida yig‘ilib qolgan sut ko‘krakda og‘ir boshqa salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Agar yig‘ilib qolgan sut vaqtida sog‘ib tashlanmasa sut yo‘llarining bekilib qolishi - laktostaz yuzaga kelishi mumkin.
Shunda ko‘krak to‘lib qolganday ko‘rinib, tegsa og‘riq keltriadi. Ko‘krakning ba’zi joylarida shishlar seziladi. Bunda ko‘krakdagi sut to‘liq sog‘ilmaydi yoki umuman sog‘ilmay qoladi. Keyinchalik istma ko‘tarilishi yuzaga keladi.
Laktostaz natijasida ko‘krakda og‘riq paydo bo‘lishining sababi:
- Bolani ko‘krakga notog‘ri tutqazish, bunda bola emayotganda ko‘krak uchini butunlay og‘zi bilan qamrab olmay, faqat uchini tortib emadi;
- Ko‘krakga mos bo‘lmagan byustgalter taqish;
- Ko‘krakka shikkast yetkazib qo‘yish (masalan, bolani o‘ynatib turib oyoqlari ko‘krakni tepib yuborganini sezmay qolish mumkin);
- Qorinda uxlash;
- Sovuq qotish.
Bolani ko‘krakka to‘g‘ri tutqazish yo‘li:
- Bunda bola butun tanasi bilan onaga qaratilgan;
- Bolaning boshi bilan tanasi bir maromda joylashgan;
- Bolaning og‘zi katta ochilgan bo‘lib, pastki lablari tashqariga qayilgan, iyagi ko‘krakka yopishgan;
- Bola ko‘krak uchuni butunlay og‘zini ichiga kiritib olgan;
- Bolaning tomog‘idan qo‘lt-qo‘lt sut o‘tishi eshitilgan.
Laktostaz vujudga kelganda, birinchi yordam:
- Bolaga ko‘proq og‘riyotgan ko‘krakni tutqazish;
- Bola emib bo‘lgandan so‘ng ko‘krakdagi qolgan sutni yaxshilab qolmaguncha sog‘ib tashlash;
- Bola emayotganda uning iyagi ko‘krakdagi shishga qaratilgan bo‘lishini ta’minlash;
- Ko‘krakni, ayniqsa shishlar mavjud joylarni qo‘l kafti bilan soat strelkasi bo‘ylab silash.
Yuqoridagi harakatlar vaqtida muntazam ravishda amalga oshirilsa, laktostaz 1-2 kunda yo‘q bo‘ladi.
Manba: Uzbaby.Uz