— To‘rt yoshli o‘g‘limning sog‘ligidan xavotirdaman, tez-tez shamollab qolayapti, goh tomog‘i, gohida esa qulog‘i og‘riydi. Bir hafta avval ichi surib, ishtahasi yo‘qoldi. Antibiotik dorilarni ham ichirdim, ammo foydasi bo‘lmayapti, nima qilishni maslahat berasiz?
Shohida Sulaymonova, Navoiy viloyati
Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:
— Bu holatda farzandingizni pediatr shifokor ko‘rigidan o‘tkazishni maslahat beraman. Umumiy qon va axlat tahlili hamda gijjalarga analiz topshirilishi lozim.
Lozim topilsa, immunogramma o‘tkazilib, immunitet holati baholanadi. Ikkilamchi immunotanqislik aniqlanganida, bolakay ko‘proq havoda sayr qilishi, to‘g‘ri ovqatlanishi hamda asosiy kasalliklar (surunkali tonzillit, kamqonlik, gipovitaminoz, disbakterioz, gelmintoz) davolanishi lozim.
Manba: Darakchi.uz