Bilasizmi?

Maktablarda ta’mirlash ishlari uchun endi pul yig‘ilmaydi

Endi maktablarda ta’mirlash ishlari uchun pul yig‘ilmaydi, davlat ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatlarini tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentyabr oyi oxiriga qadar bu xizmatlarni tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilish topshirig‘ini bergan.

Yangi xizmatlar binolar va inshootlarning o‘rnatilgan tartibda ekspluatatsiya qilinishi, elektr energiyasi, suv, gazni tejab ishlatilishini ta’minlash va moslamalar holati bo‘yicha monitoring olib borish uchun tashkil qilinmoqda.

Bu xizmat turining tashkil qilinishi ta’lim va tibbiyot muassasalarida santexnik va elektrik singari shtatlarning tugatilishini nazarda tutadi.

Barcha yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun xizmatlar mobil bo‘linmalar tashkil etiladi.

O‘zbekiston rahbari topshirig‘i bilan tashkil etilayotgan xizmatlarning material-texnik bazasi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Mirziyoyev, shuningdek, maxsus avtotransport, qurilmalar, kompyuter texnikasi va jihozlarni xarid qilish uchun pul ajratilishini belgilagan.