Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro XVIII "Zajgi Svoyu Zvezdu" deb nomlangan tanlovda “Marvarid” bolalar studiyasi ishtirokchilari g‘olib bo‘lishdi, deb yozmoqda Kun.uz.
Ular “Raqs” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni, “Estrada vokali”, “Moda teatri” va “Bastakorlar bolalarga” yo‘nalishlari bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Ma’lumot o‘rnida: “Marvarid” bolalar studiyasi bolalar san’atini rivojlantirish maqsadida, 2006 yil tashkil etilgan. O‘tgan yillar davomida “Marvarid”da tahsil olayotgan bolalar davlat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab tadbirlarda ishtirok etgan. Studiya o‘zining konsert dasturlari bilan ko‘plab bolalar va kattalarning qalbidan joy egallagan.