Rossiya multserialining Yaqin Sharq mamlakatlarida ommaviylashganligining asosiy sababi bosh qahramonning ro‘moli Islom dini talablariga javob beradiganligida ekan. Bu haqda Rossiya eksport markazi rahbari Petr Fradkov ma’lum qilgan.
"Bu multfilm Xitoyda juda mashhur, shuningdek Yaqin Sharq mamlakatlarida ham. Sababini bilasizmi? Chunki Masha ro‘molini juda to‘g‘ri o‘ragan. Bu butunlay boshqacha mantiq", — deb tushuntirdi Fradkov.
"Masha va Ayiq" multfilmi 2009 yildan buyon ishlanadi. Har bir seriyasi 6 daqiqaga yaqin davom etadi. Multserial ko‘pgina mukofotlarga sazovor bo‘lgan, ular orasida xalqaro mukofotlar ham bor. Uni namoyish qilish huquqini Netflix, Turner, KIKA, France TV, Sony Music, NBC Universal, Televisa sotib olishgan.
Mashaning murabbosi paxta gulli piyolaga solinganligiga e’tibor berganmisiz?