Maktab yoshi

Mashhur o‘zbek bolakaylari

Mutaxassislar hech bir bola iqtidorsiz bo‘lmaydi degan fikrni berishadi. Faqat e’tibor qilib qaralsa har bir bolani nimagadir qiziqishi balandroq ekanligini ilg‘ash qiyin emas. Afsuski ota-onalar yoki pedagoglarning e’tiiborsizligi sababli ko‘pgina bolalarning qirralari ochilmay qoladi. Mashhur bolakaylarni tarbiya qilish zamirida esa albatta katta mehnat yotadi. Ommaviy axborot vositalari tilidan tushmaydigan ana shunday bolalar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. Aslida ularning har birining yuruqlari alohida maqolalar uchun mavzu bo‘ladi. Keyinroq ularning ota-onalari bilan suhbatlarni ham taqdim etish niyatidamiz.

                                           Ma’ruf Sharipov

Bu bolakayni ko‘pchilik “Chol va nabira” filmidagi G‘anisher roli orqali yaxshi tanishadi. “Umid”, “Tubanlik” kartinalarida ham u yoshiga mos bolalar obrazlarini gavdalantirdi. Hozirda u Uspepskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida taxsil oladi.

                                               Javohir va Islombek Sindorovlar

8999

Islombek 7 yoshda shaxmat bo‘yicha to‘rt karra qit’a, ikki karra jahon chempioni bo‘lgan. Akasi Javohir esa 2014 yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi qit’a birinchiligida Osiyo chempioni, klassik shaxmat bo‘yicha kumush medal sovrindoriga aylandi. Balki bu yutuqlarda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan iqtidor ham sabab bo‘lgandir. Sindorovlar 70 dan ortiq dostonni yod bilgan taniqli o‘zbek baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining to‘rtinchi avlodi sanaladi.

                                           Nodirbek va Bahora

1353527271_fide3

Agar googleda bu ismni qidirishga urinsangiz kamida 12 mingta ma’lumot taqdim etiladi. Nodirbek Abdusattorov sakkiz yoshida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Uning opasi Bahora esa dunyo birinchiligida kumush medal bilan taqdirlanib, Osiyoning eng yosh sportchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

Nodirbek 2016 yilda 12 yoshga to‘ladi. O‘tgan vaqt ichida u Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnirda xalqaro toifadagi grossmeysterlar ustidan uch bor g‘alaba qozondi. 2011 yilning o‘zida Osiyo chempionatida ikki marta: dastlab maktab o‘quvchilari o‘rtasida oltin medal, so‘ng o‘smirlar o‘rtasida qit’a chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jahon chempionatida esa Yevropa, Eron, Rossiya, Ukraina, AQSh va yana to‘rt mamlakatdan kelgan raqiblarni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi. 2014 yil 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida vitse-chempion bo‘ldi.

                                     Taxmina Ikromova

тахмина(1)

2004 yili tug‘ilgan bu qizaloq badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘rsatayotgan natijalari orqali dunyo sportida asta-sekin o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. AQShda o‘tkazilgan “Gold Soast International Sub 2014” an’anaviy xalqaro turnirida Taxmina ikkita oltin va bitta kumush medali bilan taqdirlandi. 2014 yili Fransiyada bo‘lgan xalqaro turnirda 1-o‘rinni egalladi. Rossiya federatsiyasining Moskva shahrida tashkil etilgan an’anaviy xalqaro turnirda esa bir yo‘la to‘rtta oltin medalga sazovor bo‘lgan.

 Ana shunday farzandlarni voyaga yetkazayotgan ota-onalarga faqat havas qilsak arziydi.