Mashinada qoldirib ketilgan bolalarni oftob urib nobud bo‘lish hodisasi so‘nggi vaqtda AQShda tez-tez kuzatilmoqda. Ota-onalar bu vaqtda magazinda xarid bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu muammo tobora dolzarblashib boryapti.
AQShning Milliy xavfsizlik Kengashi tahlilchilari keltirgan ma’lumotga ko‘ra, bolalar o‘limi o‘tgan yilning ayni davriga solishtirganda uch barobar ortdi. Bu yili 11 nafar amerikalik bolakay avtoturargohga joylangan mashinada qoldirib ketilgan va ular issiq natijasida dunyodan o‘tgan.
O‘z o‘rnida aytib o‘tish lozimki, o‘tgan yili oftob urishidan 24 bola nobud bo‘lgan. Ammo 1998 yilgi natija bundan-da noxush: 37 holat qayd etilgan.
Issiq mashinada bolani qoldirish ko‘ra-bila turib uni olovga tashlash kabidir. Chunki, odatda, bolalar maxsus o‘rindiqlarda xavfsizlik kamarlari bilan tang‘ib bog‘langani uchun issiqdan qocha olmaydi.
Sarzone.uz sayti ota-onalarni hushyor bo‘lishga va bunday holatlarning guvohi bo‘lganda oldini olishga chaqiradi.