Bilasizmi?

Moskvalik 4 yoshli qizcha 7 tilda so‘zlasha oladi (Video)

“Rossiya 1” telekanalida namoyish etiluvchi “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etgan 4 yoshli moskvalik Bella Devyatkina yetti tilda bemalol so‘zlasha olish qobiliyatini namoyish etdi

Bella ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy va arab tillarini biladi. U mazkur tillarda so‘zlashuvchilar bilan bemalol muloqot qildi.

Bella ko‘rsatuvdagi chiqishi mobaynida chet tillarda berilgan savollarga ham bir zumda javob qaytardi. Ispan tilida qo‘shiq kuylab, fransuz tilida she’r o‘qidi.