Xavfsizlik bo‘yicha Moskva davlat Dumasining komissiyasi va “Xavfsiz poytaxt” loyihasi rahbari Inna Svyatenko bildirishicha, ko‘rilgan choradan maqsad bolalarning yo‘llarda bexavotir yurishini ta’minlashdir. Sarlavhadagi tadbirni bajarishga kuzdan kirishiladi. Svyatenko may oyidan noyabrgacha 22:00dan so‘ng qorong‘u tushadi, bu vaqtda bolalar uyda bo‘lishadi, yozda nur qaytaruvchi belgilarni taqishga o‘rgatishning hojati yo‘q, deydi.
Eslatib o‘tamiz: 2014 yilning noyabridan yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirgan. Bir qator tuzatishlar birinchi navbatda piyodalar xavfsizligini ko‘zda tutadi. Boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish yo‘laklarida quvib o‘tish taqiqlangan bo‘lib, qoidabuzar haydovchilik guvohnomasidan ajraladi. Piyodalar esa aholi punktlaridan tashqaridagi yoritilmagan avtotrassalarga nur qaytargich belgilarsiz kiyimda chiqishlari taqiqlandi.