Bilasizmi?

O‘quvchilarni imtihonlardan ozod etishga asos bo‘ladigan xastaliklar ro‘yxati tuzildi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda o‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqladi. Ro‘yxat Lex.uz portalida keltirilgan, deb yozadi Kun.uz.

Vazirlar imzolagan ro‘yxatda 55 kasallik nomi keltirilgan bo‘lib, ular qatorida sil kasalliklari, o‘tkir gepatit, kamqonlik, qandli va qandsiz diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, ko‘richak hamda bolalarning yuqumli kasalliklari joy olgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda kam sonli o‘quvchili boshlang‘ich sinflar birlashtiriladi. Xalq ta’limi vazirligi vakilining izohiga ko‘ra, bu chora maktablardagi sinfxonalardan unumli foydalanish imkonini beradi.

T/r Kasallikning nomi
1. Tif (terlama) va paratif
2. Botulizm
3. Sil kasalligi (o‘pkada va boshqa a’zolarda tez rivojlanib boruvchi)
4. Brutsellyoz
5. Meningokokli infeksiya
6. Poliomelit (jiddiy asoratlari qolgan taqdirda)
7. Markaziy nerv sistemasining yallig‘lanish kasalliklari (virusli meningit)
8. O‘tkir gepatit A, Ye
9. O‘tkir gepatit V, S, D
10. Surunkali virusli gepatitlar (og‘ir turlari)
11. Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasalliklar (3-4-klinik bosqichi)
12. Xavfli o‘smalar
13. Kamqonlik
Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari:
gemofiliya (o‘rtacha va og‘ir shakli);
turlicha bo‘lgan anemiyalarning og‘ir shakli;
orttirilgan kamqonliklar;
kapillyarotoksikoz;
idiopatik trombotsitopenik purpura;
trombotsitopatiya (og‘ir turlari);
Villibrand kasalligi va boshqa gemostaz buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar;
o‘tkir va surunkali leykozlarning hamma turlari;
nasliy gemolitik kamqonliklarning hamma turlari
14. Qandli diabet
15. Qandsiz diabet
16. Tireotoksikoz (o‘rtacha va og‘ir darajasi)
17. Qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz (og‘ir darajasi)
18. Giperparatireoz va qalqonsimon oldi bezning boshqa buzilishlari (og‘ir darajasi)
19. Organik, simptomatik buzilishlarni qamrab olgan ruhiy kasalliklar
20. Shizofreniya va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir ruhiy kasalliklar
21. Stress asoratlari va nevrologik buzilishlar: nevrozlar, nevrozsifat holatlar, reaktiv holatlarning o‘tkir va ruhiy muvozanati buzilgan davri, qattiq duduqlanish
22. Bosh miyaning shikastlanishlari
23. Epilepsiya. Epileptik status
24. Vegetativ nerv sistemasi buzilishlari: angiospazm, qon tomirlar faoliyati tangligi, hushdan ketish va boshqa og‘ir ko‘rinishlari bilan kechadigan yaqqol vegetativ buzilishlarning shakllari
25. Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari. Ko‘z tubida distrofik o‘zgarishlar yuz berishi bilan tez rivojlanib boruvchi ko‘rish ojizligi
26. To‘r (tomirli) parda kasalliklari
27. Ko‘rish nervi va ko‘rish yo‘llari kasalliklari
28. Glaukoma
29. O‘tkir revmatoid isitma
30. Qon bosimi oshishi bilan xarakterlanuvchi kasalliklar
31. Yurak surunkali revmatik kasalliklari
32. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)
33. Boshqa surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari
34. Astma
35. Bronxoektatik kasallik
36. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi
37. Ko‘richak (operatsiyadan so‘ng)
38. Churra (operatsiyadan so‘ng)
39. Paralitik ileus va churrasiz ichak tutilishi
40. Kron kasalligi
41. O‘tkir diffuzli glomerulonefrit
42. Surunkali nefritlar
43. Siydikda jiddiy o‘zgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar faoliyatining saqlanishi)
44. Siydikda jiddiy o‘zgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar funksiyasining buzilishi)
45. Ekzema (yoyilib ketganda) va neyrodermatit (yaqqol ko‘rinib turganda)
46. Tug‘ma ixtioz
47. Boshqa eritematoz holatlar
48. Biriktiruvchi to‘qima sistema shikastlanishlari
49. Yallig‘lanish poliartropatiyalari
50. Tirsak va bilak-kaft usti jarohatlari
51. Bilak-kaft usti va qo‘l panjasi jarohatlari
52. Tizza va boldir jarohatlari
53. Oshiq-boldir bo‘g‘imi va oyoq kafti sohasi jarohatlari
54. Bosh suyagi, umurtqa va bel suyagining sinishi
55. Bolalarning yuqumli kasalliklari