Kirigami — qog‘oz, yelim, qaychi yoki pichoq yordamida bo‘rtma otkritka va figuralar yasash texnikasi. U origamining turlaridan biri hisoblanadi. Kirigami texnikasiga 1980 yillar boshida yaponiyalik arxitektor Masaxiro Chatani asos solgan.
Zarur buyumlar
Bo‘rtma otkritkani yasash uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- qog‘oz kesish uchun pichoq;
- chizg‘ich;
- qalin qog‘oz yoki karton;
- shablonni qog‘ozga mahkamlash uchun skrepka yoki skotch.
Qanday yasaladi?
Kirigami otkritkalari maxsus shablonlar bo‘yicha kesib olinadi, bunday shablonlarni internetda topish yoki o‘zingiz yasab olishingiz mumkin. Agar siz kirigamini birinchi marta yasayotgan bo‘lsangiz, oddiy shablonni tanlab, printerdan chiqarib oling. Sxemani biron narsa ustiga qo‘yib, pichoq yordamida kesmalar tushiring. Bunda, yaxshisi, metall chizg‘ich bilan qurollaning — kesmalar maksimal darajada aniq bo‘lishi muhimdir.
Sxemalarda kesiladigan chiziqlardan tashqari, bukiladigan chiziqlar ham bor. Adashib ketmaslik uchun ularni turli rangdagi qalamlar bilan bo‘yab qo‘yish mumkin. Kirigami san’atini o‘zlashtirishni videoyo‘riqlar bilan boshlash eng osonidir.
Oddiy kirigami otkritkalari
Oddiy sxemalarda o‘rgangan yaxshiroq. Bunday otkritkalarni hatto bolalar bilan birga yasash ham mumkin.
Murakkabroq sxemalar
Oddiy shakl va otkritkalarga qo‘lingiz kelishib qolganidan keyin, yanada murakkabroq shablonlarga o‘tish mumkin.
Manba: Daryo.uz