Bilasizmi?

O‘zbekiston hukumati virusli gepatitga qarshi kurashishga 40 mln dollar ajratdi

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan 2017-2021 yillarda mamlakatda virusli gepatitni davolash va profilaktika qilish ishlariga 40 mln dollar mablag‘ ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 30 mln dollar davlat byudjetidan va 6,4 mln dollar xalqaro grantlar hisobidan yo‘naltiriladi.

Bu mablag‘larga 2018 yilda har bir hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonasida gepatologik markazlar tashkil etiladi. Ular zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan kelasi yildan "V" turdagi virusli gepatitga qarshi emlash ishlari boshlanadi. Shuningdek, "S" turdagi surunkali virusli gepatit va uning asoratlariga qarshi qarshi davolash tadbirlari amalga oshiriladi.

2021 yilga kelib surunkali virusli gepatit va uning asoratlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron tizimni joriy etish rejalashtirilgan.