Bilasizmi?

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ruqlar bo‘yicha nafaqalar to‘lash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017 yilga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘g‘risida"gi qarori bilan homiladorlik va  tug‘ruq bo‘yicha nafaqalarni to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Takroran ishga kirayotganlar yoki 12 oydan ko‘proq tanaffusdan keyin o‘z mehnat faoliyatini boshlayotganlar uchun ishga qabul qilingan kunlaridan boshlab ishlab bergan vaqtlariga bog‘liq holda homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqalarni belgilashning differensiyalangan miqdori amal qiladi:

ishga qabul qilingandan boshlab 6 oygacha - homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan vaqt davomida o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi; ishga qabul qilingandan boshlab 6 oydan 12 oygacha - homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan vaqt davomida o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi; ishga qabul qilingandan boshlab 12 oydan ko‘proq - homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan vaqt davomida o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi.

Qarorning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston mehnat vazirligi va moliya vazirligiga 2 haftalik muddat ichida homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqalarni belgilash va to‘lash tartibini qayta qo‘rib chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi.