Bilasizmi?

O‘zbekistonda o‘quvchilar formasida hijob nega taqiqlanganiga izoh berildi

O‘zbekiston majburiy o‘rta ta’lim dunyoviy bo‘lgani bois, turli diniy konfessiya va subkulturalarga xos libos yo ularning elementlari formada bo‘lishi mumkin emas, deb xabar qilmoqda Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanali.

Bunday libos yo elementlarga misol sifatida hijob, kipa (yahudiylar do‘ppisi), kashaya (buddaviylar bosh kiyimi), xoch (krest) kabilar sanab o‘tilgan.

O‘g‘il bolalarga soqol qo‘yish, pirsing va tatuirovkalar, sochni 3 santimetrdan ortiq o‘stirish va sochni yorqin ranglarga bo‘yatib olish taqiqlanadi.

Qizlarga esa pirsing va tatuirovkalar, sochni yorqin ranglarga bo‘yab olish, yorqin makiyaj, tirnoq o‘stirish, bittadan ortiq zirak taqish, uzuk taqish taqiqlanadi.

Ma’lumot uchun, ro‘mol diniy libos hisoblanmaydi. Ro‘mol avratlarni yopib yurish uchun o‘raladi.

«Biz zinhor hijobga qarshi bo‘lmaganmiz. Balki hijobdagilarga ta’qiblar bo‘lgan payt, "satri avrat“ni saqlab qolishni maslahat berganmiz”, - deb aytib o‘tgan Shayh Abdulaziz Mansur xorijiy nashrlardan biriga.