Bugungi kunda ota-onalar mas’uliyatini yanada oshirish, bola tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan, ko‘rilgan ma’muriy choralardan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan ota-onalarga nisbatan keskin choralar qo‘llash yuzasidan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida qator yo‘nalishlar belgilab olingan.
Xususan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarni, u yerda yashayotgan voyaga yetmaganlarni turmush tarzini muntazam ravishda o‘rganib borish, farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ota-onalarni aniqlab, mahallalarda, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarda muhokamasini ta’minlash belgilab olingan.
IIV o‘tgan davrda voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan 20 mingdan ortiq ota-onalarga ma’muriy jazo qo‘llanganligini eslatib o‘tgan.
Shu jumladan, fuqarolarning 30 nafari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, 10 nafarining esa muomala layoqati cheklangan.