Bilasizmi?

O‘zbekistonda yangi turdagi maktablar ishga tushiriladi

O‘zbekistonda respublikaning 14 regioni uchun zamonaviy umumta’lim maktablari loyihalari tayyorlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev.

Sa’dullayevning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi namunaviy maktablar butun respublika bo‘yicha 194ta tumanda ishga tushiriladi.

"Ushbu ta’lim maskanlarida bolani o‘qitishda zamonaviy standartlar va yondashuvlar qo‘llaniladi. Bu yerda hamma narsa, har bir kabinet dizayniga qadar maktab o‘quvchisining ko‘pqirrali ta’lim-tarbiya olishi uchun xizmat qiladi", — deb hikoya qilgan vazir.

Sa’dullayev shuningdek, ta’lim maskanlarining har birida yoshlarni o‘z ortidan ergashtiradigan "lider"lar faoliyat yuritishini ma’lum qilgan va oliy ma’lumotli yetakchilarni saralab olish jarayoni o‘z nihoyasiga yetganini qo‘shimcha qilgan.

Vazirning aytishicha, yetakchi kadrlarning har biri maxsus o‘quv tayyorlov seminarlaridan o‘tishgan.

Shuningdek, ular faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar mujassam zamonaviy kabenatlar tayyor holatga keltirilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda davlat ta’lim tizimida 14 828ta ta’lim maskanlari mavjud, shulardan 9680tasi umumta’lim maktablaridir. Pedagoglaring umumiy soni 400 mingdan ortiq, o‘quvchilar soni esa — 5 million nafarni tashkil qiladi.