Marg‘ilondagi mehribonlik uyida va Oqqo‘rg‘ondagi maktab-internetda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng bolalar uylari va maktab-internatlarda videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida jurnalistlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Unda Marg‘ilondagi mehribonlik uyida va Oqqo‘rg‘ondagi maktab-internetda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng bolalar uylari va maktab-internatlarda nazorat kuchaytirilgani va videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani ma’lum qilindi.
"Bu, albatta, juda yomon holat. Umid qilamanki, bunday holat boshqa takrorlanmaydi. Prokuratura bu ikki ishni alohida nazoratga olgan. Bundan tashqari, Respublikadagi barcha bolalar uylari va internatlarda nazorat kuchaytirildi. Rasmiy tekshirishlar boshlandi, deya olmayman, ammo yuqori tashkilotlar bunday muassasalarga e’tiborni kuchaytirishdi",- deya izoh berdi Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova.
Ayni damda boshqa bolalar muassasalarini tekshirish ishlari ham boshlangan.
Tashkilot vakilining ta’kidlashicha, tekshiruvlar natijasida bu kabi holatlar aniqlanmagan.