Bilasizmi?

O‘zbekistonlik bemor bolalar davolanish uchun Germaniyaga jo‘natildi

"Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 8 nafar bemor farzandi Germaniyaga davolanish uchun jo‘natildi. Bu haqda Uz24.uz yozmoqda.

Fond O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 2002 yildan buyon ana shunday tibbiy-ijtimoiy loyihani amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu loyiha doirasida uch yuzdan ko‘proq tug‘ma va orttirilgan xastaliklar bilan kasallangan bemor bola xorijdagi zamonaviy klinikalarda sog‘lomlashtirildi. Poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida 400 nafarga yaqin bemor bolaga zamonaviy andozalar asosida tibbiy yordam ko‘rsatildi.