25-31 iyul kunlari Hindistonning Lakxnau shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.
Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 41 ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematikalar ishtirok etgan. Ushbu tanlovda to‘rtinchi marta qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi joriy yilda ilk marotaba 2 ta oltin medalni olishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qiladi Uz24.uz.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari Doniyor Ismoilov, Sevaraxon Ostonovalar individual bahslarda o‘z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov va 8-sinf sinf o‘quvchisi Ismoil Po‘latovlar esa yakkalik bahslarda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.