Bilasizmi?

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 15ta medal olishdi

Singapurda 17 mamlakatning mingdan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirokidagi matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston sharafini 36 nafar maktab o‘quvchisi himoya qildi.

Saralash bahslari guruhlarda tashkillashtirildi: o‘quvchilar rebus va matematik misollarni yechishdi. So‘ngra yuqori baho olgan o‘quvchilar finalda ishtirok etishdi.

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ushbu olimpiadada 15ta kumush va bronza medallarini hamda jamoaviy mukofotlarni qo‘lga kiritdi.