Humoyun Begmuratov olti yoshu besh oyligida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahonda eng yosh shaxmat bo‘yicha sport ustaligiga nomzod bo‘ldi, deb Sputniknews-uz.com yozmoqda.
"O‘z mehnatsevarliging, g‘ayrating, shijoating va g‘alabaga bo‘lgan istaging tufayli sen yuksak cho‘qqiga erishding. Sen o‘z mamlakating va Osiyo chempionisan. Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritishingga ham ishonaman",- deyiladi tabrik maktubida.
Mongoliyada bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Humoyun Begmuratov “turnir kashfiyoti” degan nomga sazovor bo‘ldi.
"Seni o‘rnatgan rekording bilan tabriklayman va g‘alabaga hamisha ishonch, yangi maqsadlarga erishishda matonat va mahoratingni ko‘rsatishingni tilayman!" — deyiladi tabrik maktubida.