Bilasizmi?

O‘zbekistonlik yosh taekvondochilar Sochi Open turnirida 7ta medalni qo‘lga kiritishdi

Rossiyaning Sochi shahrida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha Sochi Open turniri o‘tkazildi. Musobaqada oltita davlatdan sportchilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham to‘liq tarkibda ishtirok etishdi.

Sakkiz yoshli bolalar o‘rtasida Oyatilloh Akromov 28 kg vazn toifasida masogi bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bolat Oygul ham shu yo‘nalishda chempionlik shoxsupasiga ko‘tarildi. Zuhra Ergasheva kattalar o‘rtasidagi til bahslarida 2ta oltin medalga ega bo‘ldi.

Hamidulla Lutfullayev, Ibrohim Nig‘monov til yo‘nalishida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 10-11 yoshlilarning masogi bahslarida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan Bolat Bahovuddin 39 kg vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlandi, deb yozadi Uz24.uz.