Mehribon ota-onalar o‘zining farzandi har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Lekin ular bolaning o‘sish jarayonida yaxshi niyat bilan va beixtiyor juda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.
-
Bolani qolipga moslab o‘stirishga urinish
Ota-onalar uchun kitoblarda bola belgilangan yoshga yetganda falon-falon narsalarni eplay olishi kerakligi yozilgan, lekin sizning bolangiz qandaydir boshqacharoq o‘sayaptimi? Xavotirlanishga shoshilmang. Albatta, agar o‘zini tutishi va o‘sish jarayoni xavotir tug‘dirsa shifokorga ko‘rsatish lozim. Lekin bolangizni do‘stlaringiz bolalariga o‘xshab katta bo‘lishga majburlashga urinmang.
-
«Rivojlanish boshlanadigan» ma’lum bir yoshni kutish
Bolaning ongini oshirishni qachon boshlash kerak? Ba’zi ota-onalar buning uchun qandaydir ma’lum bir yoshni kutadilar: bola bir yoshga to‘lganda, ikki, uch… Aslida rivojlanish jarayoni u tug‘ilganidan keyin darrov boshlanadi va buni kutish kerak emas.
-
«Qo‘llanma»larga ko‘r-ko‘rona amal qilishga urinish
Bunday «qo‘llanma»lar o‘sha «ota-onalar uchun» kitoblardagi, onalaringiz va boshqa shunga o‘xshash manbalar maslahatlaridir. Lekin sizning bolangizning shaxsi va o‘ziga xos xususiyatlari bunga o‘xshash har qanday «qo‘llanma»larni to‘g‘rilashni talab qilishi mumkin.
-
Bola rivojlanishi javobgarligini boshqalarga yuklash
Tabiiyki, maktabgacha tarbiyalash muassasalari bolaga katta foyda beradi. Lekin bolaga dunyoni o‘rganishida aynan ota-onalar yordam berishi kerak, bu vazifani tarbiyachilar va pedagoglar zimmasiga yuklash to‘g‘ri kelmaydi.
Manba: Daryo.uz