Bog‘cha yoshi

O‘zbekiston Respublikasida profilaktik emlash kalendari (vaksinatsiya kalendari)

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 44 oilaviy poliklinika ma’lumoti

Emash (vaksinalar) ro‘yxati va amalga oshirish muddatlari.

Poliyemilit yoki OPV- og‘iz orqali qilinadigan poliyemilit vaksinasi(oralnaya poliomiyelitnaya vaksina)

V0- tug‘ruqxonada, bolaning 2-5 kunida

V1- 2 oyda

V2- 3 oyda

V3-4 oyda

R1- 16 oyda

R2 - 7 yoshda (maktabda)

BSJ- (tuberkulyoz vaksinasi)

V1-tug‘ruqxonada, bolaning 2-5 kunida

V2-7 yoshda (maktabda)

V3-14-15 yoshda

4-agar bola ma’lum sabablarga ko‘ra tug‘ruqxonada BSJ vaksinasi bilan emlatilmagan bo‘lsa, u holda 2 oyga to‘lgunicha poliklinikada BSJ bilan emlatiladi. Agar bu davrda ham olish imkoniyati bo‘lmasa, R mantu muolajasi qilinib, manfiy natija chiqqanda BSJ vaksinasi emlatiladi.

AKDS-koklyush, difteriya va stolbnyak anatoksini vaksinasi

V1- 2 oyda

V2- 3 oyda

V3-4 oyda

R1- 16 oyda

R2 - 7 yoshda (maktabda) - ADS-M deb ataladi (tarkibida koklyushga qarshi vaksina mavjud bo‘lmaydi)

R3 - 16 yoshda

Virusli gepatit ≪V≫ vaksinasi

V1-tug‘ruqxonada, bolaning tug‘ilishining birinchi kunida

V2-2 oyda

V3-3 oyda QPQ - qizilcha, qizamiq va parotitga qarshi vaksina

V0-12 oyda

V1- 6 yoshda

Undan tashqari ota-onaning xohishiga ko‘ra HIB-haemophilus influenza (B turi), meningit, sepsis, pnevmoniya, epiglotit va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlatish amalga oshiriladi.

Belgilar: V-emlatish tartibi R-qayta emlatish tartibi

Bolaning yoshi Vaksina nomi
1 kunlik chaqaloq Virusli gepatit (VG) V1
2-5 kun BSJ 1,Poliyemilit 0
2 oy AKDS 1, VG V 2,HIB 1, Poliyemilit 1
3 oy AKDS 2,VG V 3,HIB 2,Poliyemilit 2
4 oy AKDS 3 ,HIB 3,Poliyemilit 3
12 oy QPQ 1
16 oy AKDS 4, Poliyemilit 4 - qayta emlatish
6 yosh QPQ 2
7 yosh ADS-M 5 , Poliyemilit 5,BSJ
14-15 yosh BSJ 3
16 yosh ADS-M 6