Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Roziyaxon ismli qizchaning “Jon O‘zbekiston” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylayotgani tasvirlangan videolavha tarqaldi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, video Marg‘ilon shahrida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirdan yozib olingan. Unda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonandalar Adham Soliyev, Malika Egamberdiyeva, Sayyorai Jahon va boshqa san’atkorlar ishtirok etgan.
Tadbirda yosh qizcha mehmon san’atkorlar qarshisida Ozodbek Nazarbekovning “Jon O‘zbekiston” qo‘shig‘ini jonli musiqa ostida jonli ijroda kuylagani aks etgan. Ozodbek Nazarbekov esa Roziyaxonga jo‘r bo‘lib, uning iqtidorini olqishlagan.