Bilasizmi?

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 30 sentyabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etiladi.

Yangi vazirlik tarkibiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning shahar-tumanlardagi bo‘limlari kiradi.

Qarorda aytilishicha, oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko‘proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari tomondan qamrab olinishi 30 foizga yaqinni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim rahbarlari va pedagogik xodimlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va "bolalarni saqlash bo‘yicha munosib sharoitlar"ni yaratish rejalashtirilgan.