Bilasizmi?

Qanday qilib bolaga baqirishni butunlay to‘xtatish mumkin?

Kamdan-kam ota-ona hech qachon farzandiga baqirmaganligi bilan maqtana olishi mumkin. Ko‘pchiligimiz buni majburiy chora deb hisoblaymiz, kimdir buni doimiy ravishda tatbiq qiladi, kimdir har bir janjaldan keyin qayg‘uradi va bolaning oldida o‘zining aybini yuvishga harakat qiladi.

Ruhshunoslar esa bir ovozdan ta’kidlaydilar: bolalarga baqirish — yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xato.

Bu xatoingiz ustida ishlashda aybingizning botqog‘iga botib ketmang. Ha, siz o‘zingizni tutolmay qoldingiz va yana shunday qilasiz, lekin bu depressiyaga tushishga yoki bolangiz sizni kechirishi uchun bir talay o‘yichoqlar sotib olishingizga sabab bo‘la olmaydi.

Sizda aynan u bilan ishlashga asos borligini anglash uchun baqirishingiz sabablarini tahlil qilib ko‘ring.

Tuzatish tomon besh qadam

Agar siz baqirishingizning oqibatlarini jiddiy o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, unda balki buni qanday to‘xtatish kerakligi ustida bosh qotirayotgan bo‘lsangiz kerak. Oldingizda oiladagi tinchlik, xotirjamlik va do‘stona vaziyat tomon olib boradigan besh qadam bor.

Bolaning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring

Yaqinlaringizning birontasidan kichikroq ko‘rinish ijro etishni iltimos qiling. U ota-ona rolini, siz esa bola rolini bajarasiz. O‘zingizga tanish bo‘lgan birota sabab o‘ylab toping va «ota-ona» xuddi sizdek baqirsin. O‘sha paytda his qilganlaringizni esda saqlang. Endi siz baqirganingizda bola o‘zini qanday his qilishini bilasiz.

Baqirishingiz sabablarini tahlil qilib ko‘ring

Sabablar juda ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin, ularning hammasi sizda ekanligi ajablanarli. Siz bola nimadir qilgani uchun emas, balki o‘zingizda muammo bo‘lgani uchun baqirasiz. Demak, birinchi navbatda o‘zingizning, muammolaringizning ustida ishlashingiz kerak ekan.

Oilaviy yig‘ilish o‘tkazing va baqirishni to‘xtatmoqchi ekanligingizni ma’lum qiling

Tabiiyki, boshida o‘zingizni nazorat qilish oson bo‘lmaydi, shuning uchun sizni xotirjam qilishga yordam beruvchi so‘zlarni o‘ylab toping.

Salbiy energiyani chiqarishning boshqa yo‘llarini toping

Baqirishni xohlayotganingizni sezishingiz bilan xonadan chiqib keting. Keyin esa bokschilar grushasini uring, divanni teping yoki yostiqni do‘pposlang.

Bolaga sizni to‘xtatishiga ruxsat bering

Albatta, siz unga yana baqirasiz, lekin bolalar xatolaringiz ustida ishlayotganingizni tushunishlari juda muhim. Agar siz baqirgan bo‘lsangiz, albatta kechirim so‘rang va buning sababi bolada emasligini tushuntiring.

Baqirishni to‘xtatsangiz, hamma uchun qanchalik qulay va yoqimli bo‘lishini ko‘rib o‘zingiz hayron qolasiz. Bolalarni yaxshiroq eshita boshlaysiz, ular esa — sizni, kamroq asabiylasha boshlaysiz, bola o‘zini sizning yoningizda bexavotir his qiladi.

Manba: Daryo.uz