Tarbiya

Qanday qilib muvaffaqiyatli bolalarni tarbiyalash va oshirib yubormaslik mumkin?

Ota-onalarga oson emas, chunki ular ortiqcha g‘amxo‘rlik va e’tiborning yetishmasligi orasidagi muvozanatni topishi kerak bo‘ladi. Biz siz uchun bolalarni tarbiyalashda asqotadigan ba’zi tajribalarni to‘pladik.

Bolaga o‘z harakatlarini nazorat qilishga imkon bering

Maqsadlarini o‘zlari rejalashtiradigan bolalar jadvalini o‘zi tuzadi va muvaffaqiyatlarining qadriga yetadi, bosh miya qobig‘ining peshana bo‘limini rivojlantiradi va o‘z harakatlarini nazorat qilishga o‘rganadi.

Bolaning mustaqil ravishda muvaffaqiyat qozonishi va o‘z xatolaridan dars olishiga ruxsat bering.

Baxtli bolalarni o‘stirishga urinmang

Biz bolalarni baxtli qilishga haddan tashqari urinib balki xato qilayotgandirmiz. Yaxshisi ularni odobli qilib o‘stirish va baxtini yaxshi ishlardan topishiga umid qilishimiz kerak. Bunday munosabat bolalarga ham, ota-onalarga ham ko‘proq foyda keltiradi.

Bolani shaxs sifatida hurmat qilishingizni ko‘rsating

Bolalik bolalarni sevishga o‘rgatishi kerak. Lekin, agar ular o‘zini yaxshi ko‘rmasa, boshqalarni seva olmaydi. Ota-onalar ularga bo‘lgan xolisona muhabbatini bildirsagina, bolalar o‘zini seva oladi.

Bolalarga uy ishlariga yordam berishni o‘rgating

Ko‘pchilik bolalarni uy ishlaridan ozod qiladi, keyin esa ular katta bo‘lganida buyruqni kutib o‘tiradigan xodimga aylanadi. Bunday xodimlar hamkasblariga qanday yordam berishi mumkinligini o‘ylamaydi va rahbarning topshiriqlarini oldindan ko‘ra olmaydi.

Mayda-chuydalar ham muhimligini unutmang

Ota-onalar bilan birga qilinadigan oddiy kundalik mashg‘ulotlar bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola bilan gaplashing va uni eshiting, iliq munosabat bildiring, u bilan birga harflarni va sonlarni o‘rganing, birgalikda sayr qiling.

Manba: Daryo.uz