Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘ida yashovchi Nodir Alimardonov oilasida uch egizak qiz dunyoga keldi. Bu haqda oilaning yaqin qarindoshlaridan biri «Daryo»ga xabar berdi.
Qizaloqlar Qashqadaryo viloyati perinatal markazida 31 avgust kuni dunyoga kelgan. Egizaklar 2015 yilda oila qurgan Nodir Alimardonovning ilk farzandlari bo‘ldi.
Qizaloqlarga Fotima, Zuhra va Zahro deb ism qo‘yishdi.