Amerikalik maktab o‘quvchisi Cheyz Vili qaysi gazli ichimlik inson tishlariga eng ko‘p zarar yetkazishini tekshirishga qaror qildi - Mountain Dew yoki Coca-Cola? Tajriba uchun u singlisining sut tishlarini olib, ularni deyarli uch hafta gazli ichimliklar solingan shishalarda saqladi.
U tajriba natijalarini videobloger Tom Skot bilan bo‘lishdi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Mountain Dew o‘z tarkibidagi limon kislotasi tufayli tishlarga tezroq ziyon yetkazishi aniqlangan. Cola’da esa fosfor kislotasi qo‘llangan – u organik kelib chiqishga ega emas.
Manba: Kun.uz