Bilasizmi?

Qishda tug‘ilgan chaqaloqlar ulg‘aygach insultga moyilroq bo‘lishadi

Pensilvaniya (AQSh) universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, qish faslida tug‘ilgan chaqaloqlarda kelajakda insult poydo bo‘lish xavfi yuqoriroq ekani aniqlangan. Gap shundaki, bunday chaqaloqlarda onalari homiladorligining birinchi trimestri yoz oylariga to‘g‘ri keladi va bu faslda havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘ladi.

Tadqiqotchilarning yana aniqlashlaricha, kuz faslida tug‘ilgan bolalar qandli diabetga kamroq chalinishar ekan. Bunga sabab esa homiladorlikning uchinchi trimestri yozga to‘g‘ri kelishi, buning oqibatida homila o‘z immun tizimni mustahkamlashga xizmat qiluvchi D vitaminini ko‘proq olishidir, deb yozadi The Daily Mail.

Mutaxassislar AQSh, Janubiy Koreya va Tayvanda istiqomat qiluvchi 10,5 million kishini tahlildan o‘tkazishgan.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, dekabrdan martga qadar tug‘ilgan chaqaloqlar aritmiyaga moyilroq bo‘lishgan. Bu esa insult rivojlanishi xavfini sezilarli darajada oshiradi. Kuzda tug‘ilganlarda esa 2-turdagi diabet bilan og‘rish xavfi pastroq bo‘lar ekan.