Bilasizmi?

Rahmatulloh qori Sayfuddinov nogiron bolalar uyidagi xayriya tadbiriga bosh-qosh bo‘ldi

3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan, joriy yilning 24 noyabr kuni, Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov tashabbusi bilan homiylar ishtirokida, Olmazor tumanida joylashgan “Muruvvat” nogiron bolalar uchun 1-son internat uyida mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olinib, dasturxon atrofida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Tadbirda “Mirza Yusuf” jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov, masjid xodimlari va 1-son internat uyi ishchi xodimlari ishtirok etdilar. Yig‘ilganlar uchun bayram dasturxoni yozilib, milliy taomimiz bo‘lgan osh tarqatildi.

Tadbir boshida Rahmatulloh Sayfuddinov so‘z olib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi hamda 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati tabrikladi va bu joyda xizmat qilayotgan, nogiron bolalarga o‘z mehrini ulashayotgan tarbiyalovchilarga alohida minnatdorchilik bildirib, bu sharafli va savobli xizmat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra Qur’oni karim tilovat qilinib, mehrga muhtoj bolalar haqqiga duolar qilindi.

Muruvvat uyi murabbiy va tarbiyalanuvchilari ushbu tashabbus uchun o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirdilar.