Bilasizmi?

Rossiyada bolasi olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik ayol farzandi bilan O‘zbekistonga qaytdi

Ayol yashagan Kunsevo tumani sudi qarori bilan Nilufar Mamasaidova 12 dekabr kuni kechki reys bilan Moskvadan O‘zbekistonga uchib kelgan. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan buyon ular Andijon viloyatida istiqomat qilishadi.

Dekabr oyida Kunsevo tumani ichki ishlar bo‘linmasi Nilufar Mamasaidovaning hujjatlari yo‘qligi sababli uni 69 soat davomida hibsda ushlab turishgan. Uning Moskvada tug‘ilgan 1 yoshli qizini esa olib qo‘ymoqchi bo‘lishgan, biroq qizaloq yuqori tana harorati bilan xastaligi tufayli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yetkazilgan. Qizaloq u yerda 16 kun davomida davolangan.

O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Nilufar Mamasaidovaga shaxsini tasdiqlovchi sertifikat, Kunsevo FHDYo bo‘limidan qizining tug‘ilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomalarni taqdim etdi. Ko‘ngilli kishilar guruhi uning O‘zbekistonga qaytishi uchun pul yig‘ib berishdi. To‘plangan pul evaziga aviachipta xarid qilindi.