Bilasizmi?

Rossiyadagi metro multqahramonlar tilida “gapiradi”

Endilikda, Rossiyadagi metroda yo‘lovchilarga bekat haqidagi ma’lumot va eslatmalar multqahramonlar tilidan yetkaziladi. Bu  “Soyuzmultfilm” studiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan ajoyib yangilik bo‘ladi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Yo‘lovchilar “Senimi hali, shoshmay tur” hamda “Bolakay va Karlson” kabi multfilmlari qahramonlari ovozini eshitish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun, “Senimi hali, shoshmay tur”dagi quyon, “Bolakay va Karlson”dagi nazoratchi Freken Bokka aktrisa Larisa Broxman ovoz bergan.

Quyon metropoliten yo‘lovchilariga keyingi bekat haqida “ma’lumot beradi”, Freken Bok esa vagonning ortga qaytish yo‘lidagi bekatlar nomini “aytib turadi”.