O‘tmishda Moskvadagi "Ona va bola" klinikasi bosh shifokori o‘rinbosari, shifokor-pediatr Tatyana Butskaya mahalliy tug‘ruqxonalar faoliyatiga baho berish uchun poytaxtimizga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputniknews-uz.com nuz.uz nashriga asoslangan holda.
Nashrda ta’kidlanishicha, Tatyana Butskaya so‘nggi bir necha oy davomida nafaqat Rossiya, balki Avstriya, Fransiya, Italiya va Polsha tug‘ruqxonalarida bo‘lgan.
— #tug‘ruqxonalar_bo‘ylab_marafon loyihasi doirasida Toshkentga tashrif buyurar ekanman, bu yerda 20 asr boshlariga xos tibbiyotni ko‘raman, deb o‘ylagan edim, ammo meni 21 asrning munosib, hatto bir oz yevropalashgan tibbiy maskanlari qarshi oldi. — Ammo, — deydi Butskaya. — Men O‘zbekistonda uylarda amalga oshadigan tug‘ruqlar ko‘p, deb o‘ylar edim. Bu yolg‘on bo‘lib chiqdi! u mamlakatda tug‘ruqlar uylarda kechmaydi. Agar tug‘ruq uyda kechadigan bo‘lsa, bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olish juda qiyin kecharkan! Bu ishni faqat tonnalab ilova hujjatlari va sud orqali amalga oshirish mumkin bo‘larkan. Agar ayol uyda akusherka yoki shifokor bilan tuqqanligi fosh bo‘lsa, barcha ishtirokchilar sudga tortilib, qamaladi, ularni hatto diplomidan mahrum qilishlari ham mumkin ekan! Bu yerda hammasi jiddiy!
[caption id="attachment_11030" align="alignnone" width="705"] Morg rahbari bilan ochiq suhbat[/caption]
Tatyana Butskayaning aytishicha, u O‘zbekistonda ayollar 10talab farzandni dunyoga keltirishiga shubha qilmagan. Ammo, ayolning bu o‘y-xayollari ham o‘z isbotini topmadi. Mahalliy shifokorlar Butskayaga hozirda respublikada ona va bola salomatligi qattiq muhofaza qilinishi, onalar va perinatal o‘lim darajasini pasaytirish uchun kurash olib borilayotgani haqida aytib berishgan.
— Menga tushuntirishlariga qaraganda, bu yerda ham Xitoyda bo‘lgani kabi, tug‘ish hech kimga man etilmagan, shunchaki bu yerda tug‘ruqlar orasidagi interval, sog‘lom hayot tarzi va tug‘ruqni rejalashtirish haqida ma’rifiy ishlar olib borilar ekan, deb qo‘shimcha qildi Butskaya. — Barcha homiladorlar ro‘yhatga olingan! Ular majbriy analizlar va ko‘riklardan o‘tishlari shart. O‘zbekistonda tibbiy yordam ko‘rsatilishining o‘ziga xos jihatini tilga olish joiz. Dori-darmonlarning kattagina qismini bemorlarning o‘zlari xarid qilishadi. Shu bois, har bir bo‘lajak ona homiladorlikni rejalashtirish va o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish ancha arzon tushishini tushunadi!
Tug‘ruqxonalardagi sanitariya holati Butskayani chin ma’noda hayratda qoldirdi.
[caption id="attachment_11031" align="alignnone" width="750"] Tatyana Butskaya[/caption]
— Bu yerlardagi tozalikni qarang! Tug‘ruqxona qabulxonasiga eltuvchi zapoyalarni hatto qo‘l bilan yuvib-tozalashadi. Palatalar pollari shunchaki yuvilmaydi, ularni cho‘tkalab tozalashadi. Hojatxonalar — yaltillaydi! Vannalar ham, — deb yozgan Butskaya.
Shifokor, shuningdek, tug‘ruqxonalarimizdagi jihoz-uskunalar Rossiya va Yevropa tug‘ruqxonalari jihozlari darajasida ekanini e’tirof etgan. "Ona va bola hayotini saqlab qolish uchun hamma narsa mujassam" Tug‘ruqxonalarning barchasi "YuNISEF" dasturi asosida faoliyat yuritishadi. Bu axir ORZU-ku!!! — deb o‘z sevinchini ichiga yashirolmaydi Butskaya.
— Bir so‘z bilan aytganda, menga O‘zbekiston tug‘ruqxonalari yoqdi! Ularni 4+ga baholayman, tug‘ruqxonalarga 1 darajali jihozlar keltirilishini hamda yosh, iqtidorli shifokorlarning malaka oshirishga yuborishini kutib qolamiz, axir kelajak ularning qo‘lida! — deya intervyuga yakun yasagan Tatyana Butskaya.