Cahar onlayn-maktabi yo‘l harakati xavfsizligi va madaniyati bo‘yicha aholi bilimini oshirish hamda shu sohaga doir masalalarga yechim topish maqsadida internetda aksiya o‘tkazayotganligini yoritib kelyapmiz. Saytimiz onlayn-tadbir hamkoridir. Uchinchi kun mavzui: “Haydovchilar va piyodalar xavfsizligi va madaniyatidagi muammolarga qanday yechim taklif qilasiz?”
Tadbir mobaynida Mohira Kurbanova, Ulug‘bek Babaxanov, Elyorbek Hatamov, Alisher Saidov, Venera Isabekova, Sharofiddin Azizmatov singari ishtirokchilar faollik ko‘rsatdilar.
Mohira Kurbanova bolalarga yoshlikdanoq yo‘l harakati qoidalarini singdirib borish mavzuida taklifni o‘rtaga tashlaydi: “Issiq kelishi bilan fontan atrofi va bog’larda mashinachalarda aylantiradigan bolalarni ko’ramiz, yo’l harakati qoidalarini yosh bolallarga shu joylarda ham o’yin tariqasida olib borish mumkinmi? #YHX”. Feruza Mamirova va Ulug‘bek Babaxonov taklifni ma’qullashadi va “o‘yin singari olib borilsa” qiziqarli chiqishini ta’kidlashadi.
Aytish kerakki, ishtirokchilar o‘z taklif-mulohazalariga suratlarni ilova qilishni unutishmagan. Mohira Kurbanovaning yana bir mulohazasida yo‘lda uchraydigan ot-ulovlar xavfsizligi to‘g‘risida savol tashlangan. Postga shoxdor buqalar va tuyalar rasmi ilova etilgan.
Ishtirokchilardan yana biri Guli Bambuli joriy yilning 17-19 may kunlari “Yo‘l xavsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya” o‘tkazilishidan qolganlarni xabardor etgan. Havolada keltirilishicha, tadbir Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladi.
Elyorbek Hatamov qalampir.uz saytining aksiya mavzuiga doir “Joriy yilda YHX nazorati kuchaytiriladi” xabarini guruhda eslatma tarzida qoldirgan.
Saidov Alisher mashinaning orqa oynasini qoraytirish taklifini o‘rtaga tashladi. Mohira Qurbanova unga izoh qoldirdi, Elyorbek Hatamov esa bu taklifga mutlaqo qarshiligini izohda yozdi.
Guruhda qoldirilgan motivatsion suratlardan birida ingliz tilida “Iltimos, mashinani ehtiyotkorlik bilan boshqaring. Biz bolalarimizni yaxshi ko‘ramiz” deb yozilgan edi.