Daryo.Uz'ning xabariga ko‘ra «Turkiston» saroyida 30 may, dushanba kuni «Sen yolg‘iz emassan» jamg‘armasi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan bayram gala-konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jamg‘armaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Gala-konsertga Toshkent, Bo‘ka va Chirchiqdagi 14-, 15-, 21-, 22-, 23- va 30-Mehribonlik uylari, SOS-bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklanganlar, jami 800 dan ortiq bola jamlandi.
Konsertdagi chiqishlar jamg‘arma tomonidan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlandi, shu bois uni bolalarning bolalarga tuhfasi deb atash mumkin.