Bilasizmi?

Sergelida Green Park nomli yangi istirohat bog‘i ochildi

Kun.Uz'ning xabariga ko‘ra, 17 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Sputnik dahasidagi sobiq Usmon Nosir nomli istirohat bog‘i yangi Green Park nomi bilan ish boshladi.

Bu yil bog‘ning Yevropada ishlab chiqarilgan 16 ta yangi attraksion o‘rnatilgan 4 gektardan oshiq maydondan iborat qismi ochiladi.

Attraksionlardan foydalanish narxlari 1000 so‘mdan 4000 so‘mgacha etib belgilangan.

Bog‘ning sun’iy havza joylashgan qismi obodonlashtirish ishlari davom ettirilayotgani sababli hozircha keluvchilarni qabul qilmaydi.

Attraksionlar Yevropadan keltirilgan.

Avvalroq Green Park istirohat bog‘i 10 iyunda ish boshlashi rejalashtirilgani xabar qilingan edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra uning ochilishi biroz kechikdi.