Tarbiya

SGF.UZ- ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv

Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimli yondashuvga asoslanadi, SGF.UZ bu ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv demakdir.

Loyiha qanday tartibda o‘z faoliyatini olib boradi?

Veb-sayt – unga a’zo bo‘lgan harbir maktab o‘quvchisi haqida kunlik axborot berib boradi. Bunda o‘quvchiga sayt tomonidan saytga kirish paroli beriladi va bu parol orqali u o‘z profiliga kiradi. Ota-ona, o‘quvchi va uning yaqinlari bu parol orqali uning davomati, bahosi, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishdarajasi to‘g‘risidato‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Saytda muayyan sinf o‘quvchilarining ma’lum bir fandan olgan umumiy ballari (ism, sharifsiz) va pochta egasining umumiy ballari diagramma shaklida ko‘rinadi va o‘quvchining o‘zi ham sinfdoshlaridan qolib ketmaslik uchun harakat qiladi. O‘quvchining xulqi, bahosi, darsga qatnashishi va boshqalar bo‘yicha alohida-alohida tahlil diagrammalari berib boriladi, shuningdek sayt (psixologlari) har bir ota-onaga kerakli tavsiyalarni berib boradi. O‘quvchi profilidagi har qanday ma’lumot xavfsiz va sir saqlanadi, ya’ni begonalar shunchaki kira olmaydi. Bunda kiritilgan har kunlik ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va natijalari tahlil qilib boriladi. O‘quvchi haqida oylik, choraklik, olti oylik va yillik bilim natijalari tahlil qilinadi va tahlil diagrammasida ko‘rinadi.

Bunda o‘quvchi haqidagi har qanday ma’lumotlarni tahliliy ko‘rish mumkin (masalan, o‘quvchining ma’lum bir fandan yoki fanlardan olgan umumiy baholari, o‘zlashtirishi, xulqi va boshqalar haqida bemalol diagramma shaklida ko‘rish mumkin, buning uchun haftalik ma’lumotni ko‘rishni xohlagan ota-ona farzandini dushanba va shanba kunlarini kalendardan, masalan, 1 oktyabr va 7 oktyabr kunlarini belgilaydi hamma ma’lumotlar diagramma sifatida ko‘rinadi, o‘quvchining umumiy diagrammasi va o‘quvchilarning umumiy diagrammalari tahliliy ko‘rinishda ko‘rinadi. Buni kunlik, haftalik, oylik va yillik ko‘rinishda ham ko‘rish mumkin).

Sayt tomonidan dars jadvallari va darsliklar har bir o‘quvchi uchun alohida-alohida elektron tarzda kiritiladi, bu esa ota-onalar tomonidan navbatdagi dars qachon va qaysi mavzuda ekanligini bilish imkoniyatini beradi. Saytga kirishi bilan ertangi kungi dars jadvali va o‘sha fandagi mavzular avtomatik tarzda paydo bo‘ladi,  shuningdek oldingi darslardan olgan bahosi ham (masalan, tarix -“5”, fizikadan - “4”, adabiyot - “5”) umumiy diagramma orqali va alohida o‘quvchi qancha ball olgani ko‘rinadi. Maqsad esa ota-onalar doimo o‘z farzandining tahliliy ma’lumotlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ota-onalar ham bemalol elektron darsliklarni o‘qib farzandlarini darsga yana bir bor tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa vaqtni yanada tejashga xizmat qiladi, chunki ota-ona ishdan charchab kelishi va o‘z farzandlariga yetarlicha e’tibor bera olmasliklari mumkin, dars jadvallarini bilishi va o‘sha kungi mavzulardan xabardor bo‘lishi xoh ota-ona metroda, xoh avtobus yoki boshqa transport vositasida bo‘lishidan qat’iy nazar, bemalol o‘z telefoni yoki planshetidan 5-10 daqiqada o‘qib bilib turishi mumkin, bu esa hammaga o‘ta qulaylik tug‘diradi.

Har oy oxirida har bir o‘quvchining bir oylik natijalari tahlil qilinadi. O‘tilgan fanlardan har-bir mavzu bo‘yicha 3-4 tadan jami 20-30 tadan onlayn test savollari qo‘yiladi bu esa ota-onalarga farzandlarini o‘z oldida imtihon qilish va bilim darajasini real vaqtda bilish imkonini beradi. Qaysi fanlardan past ballar olgan bo‘lsa eslatma orqali o‘quvchiga ota-ona tomonidan usha fanlardan ko‘proq o‘qish kerakligini eslatib turish imkoni ham mavjud. Bundan maqsad onlayn testning har oyda o‘tkazilishi oldingi oylarda o‘sha fandan olgan ballari bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, misol uchun matematikadan oktyabr oyida 70 ball olgan bo‘lsa, dekabr oyida 85 ball oldi deylik, bu bilan o‘quvchining qaysi fanlarga qiziqishlari bilinadi, ota-onalar o‘z oldida farzandlarini real tarzda imtihon qiladi va qaysi fanlardan o‘zlashtirgani yoki aksini aniq bilishadi. Bu esa farzandlarning bilimlarini mustahkamlaydi. Bu bilan ota-ona va o‘qituvchi farzanddagi mavjud qobiliyatlarni oldindan bilishi mumkin va o‘sha sohada o‘quvchining yanada qiziqishlarini orttirib boradi.

  • Sayt o‘quvchi haqidagi tahlillarni onlayn tarzda doimiy ravishda olib boradi.Natijada ota-ona u xoh ishda bo‘lsin, xoh xizmat safarida bo‘lsin, xoh chet elda bo‘lsin, o‘z farzandi haqida doimiy ravishda onlayn tarzda bilib boradi.

Bu loyiha ota-onalar va o‘quvchilarga nima beradi?

Ota-onalar bu sayt orqali o‘z farzandining real vaqtdagi olayotgan baholari, davomadi, ota-ona bilmagan qirralarini, umumiy xarakterini ko‘rishi va kuzatib borishi mumkin. Saytning maqsadi kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimizni yetuk kasb egasi bo‘lib yetishishiga xizmat qilishdir. Sayt har bir o‘quvchi bilan individualshug‘ullanadi, o‘quvchidagi barcha qobiliyatlarni avvalambor, uning o‘ziga va yaqinlariga ko‘rsatish orqali yoshligidan o‘zi va jamiyat haqida fikrlashga undaydi. Bu loyiha o‘quvchining faqatgina aniq vaqtdagi real baholari bilan emas, balki ma’lum bir o‘quvchi ustidan tahliliy ma’lumotlarni berishi bilan ham o‘z natijalarini berishiga ishonaman. Misol uchun, o‘quvchining o‘tgan haftadagi yoki o‘tgan oylardagi olgan bilimlariga, baholariga qarab qaysi fanlardan sustkashlikka yo‘l qo‘yganligini yoki bo‘shliq va kamchiliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini yaratadi, kelayotgan davrdagi uning harakatini aniqlashi va nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini aniq bilgan holda harakat qiladi. Shuningdek, bu real tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda o‘quvchining qobiliyatini avvalambor uning o‘ziga ko‘rsatadi, ota-onasiga va sinfdoshlariga ko‘rsatadi, bu esa o‘quvchining o‘zi uchun ko‘proq bilim olish kerakligini his qilishga undaydi.

  • Qaysi kasb egasi bo‘lishni xohlasa shu kasbga oid batafsil ma’lumotlarni berib borish orqali, o‘quvchi umumiy nazariy bilim bilan ta’minlanadi. Kasbga oid ma’lumotlarning ingliz, rus va o‘zbek tillarida berilishi bir vaqtning o‘zida o‘quvchiga chet tillarini ham o‘rganish imkonini beradi.Sayt o‘quvchida pedeksperimental (pedagogik tadqiqot) usulini olib boradi, bunda sayt o‘quvchining qiziqishi, bilimiga yuqori ballar olgan fanlariga qarab, misol uchun (o‘quvchi gumanitar fanlardan yuqori ballar olmoqda, shu sababli u egallashi mumkin bo‘lgan (3-4 turdagi xuquqshunos, advokat, diplomat, sudya va h.k.) kasblar ko‘rsatiladi va unga sinf rahbari, sinfdoshlari, ota-onasi va sayt mutaxassislari tomonidan baho beriladi va eng yuqori ko‘rsatilgan kasbga o‘quvchining ota-onasi bilan kelishilgan holda uning profiliga doimiy ravishda tavsiyalar, kasbga oid kitob va qiziqarli maqolalar berib boriladi, bu esa o‘quvchining qobiliyati va qiziqishini kasbga nisbatan yanada oshiradi. Masalan, o‘quvchi bankda ishlashga qiziqadi, o‘quvchining profiliga doimiy ravishda bank haqidagi ma’lumotlar muntazam berib boriladi (masalan, bank nima, qachondan banklar paydo bo‘la boshlagan, eng mashhur bankirlar kimlar, nimaga dunyoda Shveysariya banklari mashhur, O‘zbekistondagi banklar soni, ularning faoliyat turlari va boshqalar haqida ingliz, rus va o‘zbek tillarida ma’lumotlar berib boriladi), bu o‘quvchi sekin astalik bilan maktabni tugatguncha bank haqidagi umumiy nazariy bilimga ega bo‘ladi, ota-onalari ham ko‘proq shu kasbga oid o‘z farzandi bilan gaplashishga, tug‘ilgan kun va bayramlarda shu sohagaoid kitoblarni sovg‘a qilishga harakat qiladilar, farzand oliygohni tugatguncha o‘z kasbining ustasi bo‘lib yetishadi, yangi-yangi innovatsion g‘oyalar va yangiliklar bilan ishlaydi, vaqti kelib 5-10 yildan keyin bu o‘quvchi bank boshqaruvchisi bo‘lishi yoki o‘z shaxsiy bankini ocha olishi mumkin. Bunday kadrlar esa mustaqil O‘zbekistonimizning buyuk kelajagiga xizmat qiladi.

O‘quvchi o‘z ijodidagi she’r, maqola, rasm, ixtiro va boshqalarni hech qanday qiyinchiliksiz saytga o‘zi joylashtirishi mumkin. Sayt esa bu mualliflarni rasmi bilan bosh sahifaga joylashtirishi o‘quvchidagi bor qobiliyatini yuzaga chiqaradi va omma e’tiboriga taqdim etadi. Bu materiallar ovozga qo‘yiladi, layk bosish orqali ovoz to‘planadi va eng ko‘p layk olgan material egalari muntazzam ravishda moddiy va ma’naviy taqdirlab boriladi.Maqsad esa bitta – o‘quvchining qobiliyatini yanada yuksaltirish. Bu esa farzandga ijtimoiy psixologiya, ong ostiga ta’sir qiladi va g‘ururlanish hissini uyg‘otadi, o‘quvchi esa bu qobiliyatini yanada rivojlantirishga harakat qiladi. Biz faqatgina sayt bilan cheklanmaymiz, o‘quvchi tomonidan ishlangan ixtiro va ijod mahsullarini respublika gazeta va jurnallarda bosilib chiqilishini va televideniyeda berilishini ta’minlaymiz.

Hafta davomida eng bilimdon o‘quvchi va eng rivojlanayotgan o‘quvchilar aksiyasi o‘tkazilishi va sayt tomonidan bu qobiliyatli va bilimli o‘quvchilarning rasmlarini saytga joylashtirish orqali o‘quvchidagi bilimga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga hizmat qiladi.

Bu monitoring tizimda o‘quvchilar erkin o‘zaro fikr almashadilar, muommila qilish madaniyati oshadi, har bir o‘quvchi o‘zi va o‘z kelajagi uchun javob berishga harakat qiladi. Natijada o‘ziga bo‘lgan ishonch va qatiyatlilik paydo bo‘ladi, oila va jamiyatdagi mas’uliyatini sezadi, har bir o‘quvchiga rahbarlik rolini bajarishi uchun imkon beriladi. Ana shunday ta’lim usullariga – interfaol usullar kiradi. Bu usulni qo‘llashda o‘quvchilar kamsitilmaydi, ularning ojiz tomonlari namoyish qilinmaydi, balki har biriga qobiliyati, ehtiyoji, kuchi va xohishi doirasida bilim olishlariga imkoniyat yaratiladi, eng asosiysi, ular jamiyatning to‘laqonli a’zolari ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bu monitoring tizimini joriy etish, hozirgi vaqtdagi jaddalik bilan rivojlanayotgan inovatsion hayotda har bir ota-ona va farzand uchun uning kelajagi uchun eng muhum va kerakli loyiha deb bilaman. Bu tizim yoshlarni O‘zbekiston kelajagining mustahkam tayanchi sifatida tarbiyalashga xizmat qiladigan asosiy omildir.

  • bolalarning barcha qirralarini aniqlab, kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirishdir, butun hayoti davomida o‘rganishlari lozim bo‘lgan tavsiya va ko‘nikmalarni ularning o‘z shaxsiy profiliga muntazzam ravishda berib borishni ko‘zda tutuvchi zaruriy dastur, deb bilaman. Ushbu dastur pedagogik texnologiya ta’limining yangi loyihasini rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslangan bo‘lib, u o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, natijada, o‘quvchi va o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona, o‘quvchi va mahalla, o‘quvchi va jamiyat hamkorligi ularning o‘zaro muloqoti mexanizmini shakllantirish orqali bolalarda insoniylik qirralarini shakllantirish, bunday do‘stona munosabat jarayonida esa o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda ishlash malakalarini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlarni aks ettirish bo‘yicha tavsiyalarni berib boradi.O‘zbekiston kelajagi bo‘lmish yoshlarimiz yana 5-10 yildan keyin yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi, mustaqil O‘zbekiston kelajagiga munosib hissa qo‘shishi, hozirgi vaqtdagi innovatsion asrda har-bir ota-ona va farzand uchun, farzand kelajagi uchun muhim omil bo‘lib hizmat qilishiga ishonaman.

  • Bunda o‘quvchilar o‘zaro erkin fikr almashadilar, muomala madaniyati oshadi, har bir o‘quvchi o‘zi va o‘z kelajagi uchun javob berishga harakat qiladi. Natijada o‘ziga bo‘lgan ishonch va qat’iyat paydo bo‘ladi, oila va jamiyatdagi mas’uliyatini sezadi, har bir o‘quvchiga rahbarlik rolini bajarish uchun imkon beriladi. Ana shunday ta’lim usullariga – interfaol usullar kiradi. Bu usulni qo‘llashda o‘quvchilar kamsitilmaydi, ularning ojiz tomonlari namoyish qilinmaydi, balki har biriga qobiliyati, ehtiyoji, kuchi va xohishi doirasida bilim olishlariga imkoniyat yaratiladi, eng asosiysi, ular jamiyatning to‘laqonli a’zolari ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bu monitoring tizimini joriy etish, hozirgi vaqtdagi jadallik bilan rivojlanayotgan innovatsion hayotda har bir ota-ona va farzand uchun uning kelajagida eng muhim va kerakli loyiha, deb bilaman. Bu tizim yoshlarni O‘zbekiston kelajagining mustahkam tayanchi sifatida tarbiyalashga hizmat qiladigan asosiy omildir.

Sherzodjon Sodiqov