Bilasizmi?

Shavkatbek, Shuhratbek, Hasanboy va Husanboy: Andijonda 4 egizak dunyoga keldi

Andijonning Shahrixon tumanida to‘rttalik o‘g‘il egizaklar dunyoga keldi. Ularga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasanboy va Husanboy deya ism qo‘yishdi. Yangi mehmonlar dunyoga kelgan oiladan tuman hokimi xabar oldi, deb xabar qildi jurnalist Rustambek Arabboyev o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

Rustambekning yozishicha, chaqaloqlarni uyg‘otib qo‘ymaslik uchun suratga olish ishlarini ham masofadan turib amalga oshirgan.

"Duo qilinglar, umri bilan bergan bo‘lsin. Bugun chaqaloqlar 6 kunlik bo‘lishdi", — deb yozgan yangilik muallifi o‘z sahifasida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi tug‘ilgan mehmonlarga uzoq umr ko‘rishlarini hamda rizqli-nasibali bo‘lishlarini tilashmoqda.