Slovakiyaning Synecta kompaniyasi Toshkent viloyatida joylashgan Respublika Bolalar harakat-tayanch tizimi reabilitatsiya markazini bepul jihozlaydi, deb xabar qilmoqda Sputniknews-uz.com.
Hukumat qarori bilan markazni kengaytirish choralari ko‘rilgan. Slovakiyalik kompaniya uni jihozlashda bepul yordam beradi.
Slovakiya kompaniyasi 200 o‘ringa ega bo‘lgan davolash-diagnostika markaziga qiymati 7 mln dollar bo‘lgan kerakli tibbiyot texnikasini yetkizib beradi. Umumiy qiymati 20 mln bo‘lgan yangi korpus qurilishi loyihasi 2017 yilda yakunlash rejalashtirilgan.
Respublika Bolalar harakat-tayanch tizimi reabilitatsiya markazi 2009 yilda Respublika bolalar Poliomelit kasalxonasi asosida tashkil qilingan edi. 100 o‘ringa ega bo‘lgan shifoxona, bugungi kunda O‘zbekistonning barcha hududlaridan bolalarni qabul qilmoqda. Markazga har kuni mingga yaqin bolalar murojaat qiladi.