Bilasizmi?

Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato

Biz zararli taomlarni foydalisiga almashtirishga urinamiz. Biroq ko‘p hollarda noto‘g‘ri tanlov qilamiz. E’tiboringizga «sog‘lom taom» haqidagi tasavvuringizdan o‘chirib tashlash zarur bo‘lgan 10 ta noto‘g‘ri qoidalarni taqdim etamiz.

1. Qutidagi sharbatlar gazli shirin ichimliklardan ancha foydaliroq.

Қутидаги-шарбатлар-газли-ширин-ичимликлардан-анча-фойдалироқ

Masalan qutidagi olma sharbati bir qarashda bezarar ko‘rinadi. Aslida esa uning kalloriyasi Coca-Colanikidan ko‘proqdir. Agarda siz haqiqatdan ham sog‘lom ovqatlanish tarafdori bo‘lsangiz sanoatdagi shirin ichimliklardan ko‘ra toza suv iste’mol qilganingiz ma’qul.

2. Xom sabzavotlar pishganidan ko‘ra foydaliroq.

Xom-sabzavotlar-pishganidan-ko‘ra-foydaliroq.

Buni qarangki, qaynatilgan sabzavotlar ayrim jihatlari bilan xomiga nisbatan foydaliroq ekan. Masalan, pishgan sabzida karotinoidlar ko‘proq bo‘ladi. Pomidor dimlab pishirilganda esa uning tarkibidagi zaruriy modda — likopin ortar ekan. Bu xom sabzavotlarni iste’mol qilmang, degani emas, shunchaki pishganlarini ham e’tibordan chetda qoldirmang.

3. Sushi — parhezbop taom.

Sushi-parhezbop-taom.

Iste’mol qilayotgan taomlarida uglevodlar miqdoriga e’tibor beruvchi kishilar ham sushini parxezbop taom deb hisoblaydilar. Aslida esa 1 porsiya baliqli sushida burgerdagidan ko‘proq uglevod mavjud. Kalloriyasiga kelsak, burgerniki yuqori albatta. Agar siz ozishni xohlasangiz yuqoridagilardan ikkisini ham yemagan ma’qul.

4. Soya qaylasi — foydali ziravordir.

Soya-qaylasi-foydali-ziravordir.

Soya qaylasi tarkibida tuz miqdori siz o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘p. Parhezshunoslar ushbu ziravorni ko‘p iste’mol qilishni tavsiya etmaydilar.

5. Shakarning o‘rniga asal yeymiz.

Shakarning-o‘rniga-asal-yeymiz.

Agarda siz qomatingiz haqida qayg‘ursangiz, asal shakardan ko‘ra foydali ekan deb uni ko‘p iste’mol qilish yaramaydi. Sababi uning foydasi bilan birga nojo‘ya ta’sirlari ham mavjud. Kalloriyasi esa shakarnikidan ko‘proq.

6. Quruq mevalar — ajoyib tamaddi.

Quruq-mevalar-ajoyib-tamaddi.

Mevalar quritilganda 80% vitaminlar va antioksidantlarni yo‘qotadi. Biroz qorningiz ochsa yangi mevalar bilan tamaddi qilgan foydaliroq.

7. Jo‘xori(popkorn) — nosog‘lom taom.

Jo‘xoripopkorn-nosog‘lom-taom

Olimlar maxsus uskunada tayyorlangan jo‘xori — sog‘lom va foydali taom ekanini isbotladilar. Masalan 1 kosa «popkorn»da tahminan shu miqdordagi har qanday mevadagidan 2 barobar ko‘p foydali polifenollar mavjud ekan. Bundan tashqari jo‘xori klechatkaga ham boydir.

8. Ozish niyatidagilar uchun — pishloq mumkin emas.

Ozish-niyatidagilar-uchun-pishloq-mumkin-emas.

Pishloq tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lgani sababli parhez paytida uni yeyish tavsiya etilmaydi. Aslida esa kam miqdorda iste’mol qilingan pishloq har qanday parhezda organizm uchun faqat foyda keltiradi. Bundan tashqari pishloq — tarkibida maksimal darajada kal’tsiy saqlovchi mahsulotlar qatoriga kiradi.

9. Tabiiy yog‘lar taomni yanada foydaliroq qiladi.

Tabiiy-yog‘lar-taomni-yanada-foydaliroq-qiladi.

Kokos yog‘i, zaytun yog‘i va boshqalar sog‘lom turmush tarzidagilarning kundalik taomnomasiga kiradi. Ammo ularni taom pishirishda ishlatmagan ma’qul. Sababi qizish jarayonida shifobaxsh yog‘ tom ma’noda zaharga aylanadi: uning tarkibida zararli moddalar ortib ketadi. Shunday ekan bunday yog‘larni salatlarga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya etiladi.

10. Yog‘siz sut mahsulotlari foydaliroq.

Yog‘siz-sut-mahsulotlari-foydaliroq.

O‘z vaznlarini nazoratda tutuvchilar butunlay yog‘siz mahsulotlarni tanlaydilar. Biroq bunday mahsulotlar kalloriyasi har doim ham past bo‘lmaydi. Buning ustiga ularda zaruriy vitamin va mikroelementlar ham juda kam bo‘ladi. Masalan barcha sut mahsulotlari o‘zida D, E, A, K kabi yog‘da eruvchi vitaminlarni saqlaydi. Yog‘siz sut mahsulotlaridagi ushbu vitaminlar oshqozonga tushganda so‘rilmaydi.

Manba: Maslahatim.uz