Bilasizmi?

Surxondaryoda yangi bolalar oromgohi faoliyatini boshladi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida «Beshbuloq – Surxon – Sherobod» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Daryo.Uz O‘zA'ga asoslanib xabar bermoqda.

Oromgoh qurilishiga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 5,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. 4,5 gektarga yaqin maydonni egallagan oromgohda yangi loyihalar asosida yotoq binolari, ma’naviyat, tibbiyot xonalari, oshxona, suzish havzasi, sport maydonchalari va boshqa xo‘jalik binolari qurilib, zamonaviy jihozlandi.

Kutubxona va to‘garak xonalarida barcha qulaylik yaratildi. Oromgohga olib boruvchi yo‘lga asfalt yotqizilib, so‘lim go‘shada ota-onalar va dam oluvchilar uchun maxsus ayvonchalar qurildi.

Maskanda 1300 ga yaqin o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarib, salomatligini mustahkamlaydi. Ayni paytda bu yerda 250 nafar bola dam olmoqda.