Bilasizmi?

Toshkent hayvonot bog‘iga birinchi marta jirafa olib kelindi

Tashrifchilarning ko‘psonli talablariga hamda «xodimlarning eski orzusiga» muvofiq Toshkent hayvonot bog‘iga Afrika hayvonot dunyosining eng mashhur namoyandalaridan biri — jirafa olib kelindi. Bu haqda Daryo.uz yozmoqda.

Birodar Olmaota hayvonot bog‘i bizga uch yoshli Olatov erkak jirafasini berishga rozi bo‘ldi. Uning ismi hayvonot bog‘ining rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida qo‘yilgan. Uning ota-onasi — Xon va Gratsiya, shuningdek, yana bir urg‘ochi — Suluv 2003 yilda JARdan olib kelingan edi. Shu yillar davomida ular 12 farzand dunyoga keltirdi.

1-28 2-23

Olatov uzoq yo‘lni muvaffaqiyat bilan bosib o‘tib, yangi hududga moslashdi va endilikda Shahzod ismli xodim nazorati ostida katta ishtaha bilan meva, sabzavot, akatsiya va qayrag‘och shoxlarini tanovul qilmoqda.

3-17 4-13

«Barcha xohlovchilarni hayvonot bog‘imizga tashrif buyurib, yangi jonivorimiz bilan tanishishga taklif qilamiz», — deb murojaat qildi tashrifchilarga hayvonot bog‘i rasmiylari.

5-10-269x450 6-11