Bilasizmi?

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Internet tarmog‘ida "Momo" nomli yangi xavfli o‘yin paydo bo‘ldi

Internet tarmog‘ida yangi xavfli o‘yin paydo bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.

What's App messenjeri maydonida tarqalayotgan bu o‘yin, Internetdagi xabarlarga qaraganda, bir nechta mamlakatlarni egallab oldi. Internet-resurslarda xabar berilishicha, Meksikaning Tabasko shtati Bosh prokuraturasi hattoki "Momo" virtual uyinining xavfliligi haqida ogohlantirish bergan.

O‘smirlarning ruhiy holati va xatto hayotiga ta’siri haqida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida 12 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilganidan so‘nggina jiddiy gapirishni boshlashdi. Bu ish yuzasidan surishtiruv olib borgan politsiya xodimlari o‘smirning telefonida “Momo” o‘yinini topishgan.

Chet el saytlarining yozishicha, "o‘yin messenjerdagi muloqotdan boshlanmaydi. Birinchi o‘rinda kuratorlar turli ijtimoiy tarmoqlar va forumlardan foydalanuvchilarni izlaydilar. Ular o‘smirlarga qo‘rqinchli rasmlar va zo‘rlash sahnalari aks etgan videolarni jo‘natadilar. So‘ng turli buyruqlarni bajarishga majbur qiladilar. O‘smirlar rad etishsa, kuratorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid qilishga o‘tadilar. Agar foydalanuvchi rozi bo‘lsa, u zo‘rlash sahnalari aks etgan videolarni qabul qilishda davom etadi, shuningdek, uning shaxsiga tegishli xabarlarning so‘rovlari va muayyan harakatlar qilishga topshiriqlar oladi".

“Momo”, u kim o‘zi? Ma’lum bo‘lishicha, "kuratorlar" Yapon ustasi Midori Xayasining haykallari rasmidan foydalanishadi. Bu ayol qiyofasidagi qo‘sh oyoqli mavjudotning byusti, uning ko‘zlari qinidan chiqay deydi, yuzida esa g‘alati tabassum muhrlangan. Bu haykal va xavfli o‘yin o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q.

Hurmatli ota-onalar, o‘smirlar! E’tiborli va ehtiyot bo‘ling: Internet global tarmog‘ida foydali, kerakli axborotlar juda ko‘p. Ammo shunday resurslar borki, ulardan yovuz niyatli odamlar oddiy inson uchun tushunarsiz bo‘lgan o‘z maqsadlarida foydalanadilar.

Bir saytda “Momo” ni qanday yutish hakida tavsiyalar berilgan: "Messenjerni qanchadir muddatga faqat kontakt ro‘yxatidagi raqamlardan qo‘ng‘iroq qabul qilishga sozlab qo‘yish kerak.  “What's App” da bunday operatsiya mavjud emas. Ammo “Momo” sizning kontaktlaringiz ro‘yxatida paydo bo‘lsa, uni darrov bloklab qo‘yish mumkin".