O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 3 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar qildi, deb yozadi Uznews.uz.
Ota-ona qarovisiz qoldirilgan bola uyi oldidan oqib o‘tuvchi ariqda cho‘kib ketgan.
Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari qurbonlarning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildirilib, bu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ota-onalardan har qanday holatda o‘z farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikni so‘raydi.