Maskanda dam oluvchilar har kuni soat 9:00dan 19:00 ga qadar qabul qilinadi.
Baxt ko'li dam olish maskani joriy yilning iyun oyi o‘rtalaridan boshlab o‘z eshiklarini ochdi. Hudud 1973 yilda barpo etilgan Baxt ko‘li markazida yangilangan, zamonaviy ko‘rinishda ish boshladi. Bu haqda afisha.uz'ga tayanib Uz24.Uz xabar beradi.
Bog‘ning umumiy maydoni 59 gektarni tashkil etadi. Mavjud sun’iy suv havzasi 27 gektar maydonni egallaydi. Bog‘ ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda bir vaqtning o‘zida 5 mingga yaqin mehmonlar dam olishlari mumkin.
Shuningdek, Baxt ko'li' da ham suvda, ham quruqlikda dam olish imkoniyatlari yaratilgan. Suv havzasida katamaran va qayiqlarda uchish, suv yuzasida sayr qilish, quruqlikda esa plyaj futboli va futbol o‘ynash mumkin.
Bu yerda karavot, topchan, shiyponchalar dam oluvchilarga ijaraga beriladi, dush qabul qilish pulli, bog‘ hududiga kirish ham 3 yoshdan oshganlar uchun 1000 so‘m etib belgilangan.
Shuningdek, hududda bir necha kafelar, do‘konlar, attraksionlar, mini basseynlar ishlab turibdi, mini-golf va karting ham mavjud.
Qolaversa, dam olish maskanida bir necha tibbiy, sanitariya-epidemiologiya nazorat punktlari tashkil qilingan.