Bilasizmi?

Toshkentda bolalar moda festivali bo‘ladi

2017 yil 29 maydan 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi “OSIYO RAMZI” dizaynerlar uyushmasi tomonidan Yoshlar ijod saroyida “Bolajonlar-Shirintoylar” Bolalar Moda Festivali tashkillashtiriladi.

Bolalar Moda Festivali dasturi o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan:

-Sanoat liboslar to‘plamlarining namoyishi

-beyoung for baby – Yosh dizaynerlar namoyishi

-Gala-fashion shou- liboslar yakuniy namoyishi

“Bolajonlar-Shirintoylar” Bolalar Moda Festivali –  bu noyob loyiha bo‘lib, unga yil davomida tayyorgarlik ko‘riladi, u jahonda beqiyos va  yorqin bayramlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu Festival tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib,  milliy mentalitet va hududiy iqlimiy sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida yaratilgan milliy kostyumlar orqali bolalar, shu jumladan yoshlar va ularning ota-onalarida  did, kiyinish madaniyati va estetik tarbiyaning shakllanishiga, O‘zbekiston san’ati va madaniyati sohasida bilimlarni kengayishiga imkoniyat yaratib beradi.

“Tantana”, “Tomosha”, “Diamondskids” ijodiy guruhlarining yosh modellari, shuningdek Art-byuro “Kolibri” moda maktabining tarbiyalanuvchilari liboslar namoyishida har bir guruh uchun maxsus sahnalashtirilgan  model sifatida ishtirok etish uchun tayyorlanmoqdalar.

Beyoung for baby Defilesi - bu yosh ishtirokchilar, jumladan (yosh dizaynerlar, institut talabalari va kollej o‘quvchilari) uchun tanlovda o‘zini ko‘rsata bilish, ijodiy ishlarini mutaxassislarga taqdim etish  uchun katta imkoniyatdir. Yaratilgan liboslar to‘plami  ijodiy fantaziyani yuksak darajasini, noan’anaviy yondoshuvlarga intilishni va yosh dizaynerlarning turlicha qiziqishlarini o‘zida namoyon etadi.

Sanoat liboslar to‘plamlarining namoyishi- “Uzbekengilsanoat”

Davlat Aksionerlik  Kompaniyasi  qoshidagi O‘zbekistonning yetakchi tikuv va tikuv-trikotaj korxonalarining bolalar uchun mavsumiy va turli assortimentdagi liboslar to‘plamlarining namoyishi.

Gala-fashion shou- O‘zbekistonda bolalar modasi va dizayn sohasida an’analarning boyligi va zamonaviy izlanishlarni o‘zida aks ettiruvchi  o‘zbek dizaynerlarining yakuniy liboslari namoyishi. Ushbu yakuniy namoyish  O‘zbekistonda bolalar zamonaviy modasining tendensiyasi bo‘yicha qiziquvchilarni o‘ziga jalb etmay qolmaydi.