Bilasizmi?

Toshkentda harbiy xizmatchilar 200 ga yaqin yordamga muhtoj bolalarga sovg‘alar ulashdi

Mudofaa vazirligi kiyim-kechak boshqarmasi hamda Markaziy buyum bazasi harbiy xizmatchilari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 52-ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga kiyim-kechak, o‘quv qurollari hamda shirinliklar ulashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Jami 178 nafar o‘quvchiga yordam ko‘rsatildi.

Bolalarga tashkilotchilariga Hilola Ikromova rahbarligida tashkil etilgan «Raqs» to‘garagi a’zolari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

Maktab direktori Ra’no Hamraliyeva maktab jamoasi nomidan harbiy xizmatchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tadbir so‘nggida bolalarga harbiy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.