Bilasizmi?

Toshkentda nogiron bolalar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi

“Maftunkor ranglar jilosi” – bu mana bir necha yillardan buyon nogiron bolalar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan rasmlar tanlovining nomi. Unda taqdir bitigi sabab imkoniyatlari cheklangan bolalar o‘z iqtidorlarini ko‘rsatadilar. Dunyolarni jamlagan tasavvur olamlaridagi borliqni eng go‘zal ranglarda tasvirlaydilar, deb Qalampir.Uz yozmoqda.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahridagi G‘ofur G‘ulom nomli istirohat bog‘ida O‘zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ham  7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar imkoniyati cheklagan bolalar ishtirok etdi.

5_(36)

Ularning ko‘zlarida dunyo mujassam. Har biri o‘zgacha qobiliyat, noyob iqtidor egasi. Qog‘ozlarda aks etgan suratlarda esa ona Vatanga, ota-onaga bo‘lgan qaynoq mehrning taftini tuyasan.

Mazkur tanlov O‘zbekiston nogironlar jamiyati tomonidan bir necha yildan buyon o‘tkazib kelinadi. “Maqsad – nogiron bolalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, sog‘lom tengdoshlari bilan muloqot o‘rnatishini ta’minlash, ijtimoiy moslashuvidagi noqulayliklarga barham berishdan iborat”, deydi O‘zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘linmasi raisi Gulchehra Saydialiyeva. 6_(30)

2_(38)

Tanlov ishtirokchilarining har biriga O‘zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan homiylarning sovg‘alari – shirinliklar, o‘yinchoqlar, kiyim-kechaklar topshirildi. Eng yaxshi rasmlar mualliflariga esa tashkilot nomidan alohida sovg‘alar berildi.

Tanlovda ishtirok etayotgan bolalar chizayotgan rasmlarni kuzata turib, O‘zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘linmasi raisi Gulchehra Saydialiyevaning so‘zlariga quloq tutdik.

“O‘zim ham nogiron bo‘lganim uchun bu bolalarning yuragidagi kechinmalarni juda yaxshi tushunaman. Ular sog‘lom tengdoshlari orasida o‘zini noqulay his qilmasin deyman. Bugun nogironlarga davlatimiz tomonidan qancha shart-sharoitlar yaratib berilyapti. Ming afsuski, nogironlar boshqacha nazar bilan qaraydigan, ularning ko‘kragidan itaradiganlar ham bor.

Mana, bir necha oydirki tashkilotimiz binosiz. Tashkilot ishini uyimda o‘tirib qilishimga to‘g‘ri kelyapti. Bino so‘rab bir necha bor tuman hokimiyatiga murojaat qildim, biroq meni eshitishni ham xohlashmadi...”

Shu mahal “Kamolot” YoIH Uchtepa tumani Kengashidan vakil kelib qoldi. Salom-alikni o‘rniga qo‘ygan yigitcha hokimiyatdan jo‘natishganini, biroq qololmasligini, shoshib turganini, biror gap bo‘lsa qo‘ng‘iroq qilishlarini aytib juftakni rostladi.

Qiziq, nahot Uchtepa tumanidagilar nogironlarga nisbatan shunday munosabatda bo‘lsa? Mavzuga yana qaytamiz.

1111_(1)

 

4_(30)

6_(30)

8_(27)

9_(24)